Mimsoft 2022-yildan beri Toshkentda mobil ilova ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Biz shunchaki dizayn bo'yicha kod yozib bermaymiz — g'oyani ko'rib chiqamiz, foydalanuvchi kim ekanini aniqlaymiz va aynan sizning biznesingizga kerakli funksiyalarni ajratamiz. Natijada ortiqcha xarajatsiz, ishlaydigan mahsulot chiqadi.
Loyihaning murakkabligiga qarab iOS va Android uchun native ilova (Swift/Kotlin) yoki bitta koddan ikkala platformaga ishlaydigan Flutter ilova taklif qilamiz. Har bir variantning ijobiy va salbiy tomonlarini oldindan ochiq aytamiz — sizga to'g'ri kelganini birga tanlaymiz, keraksiz texnologiyani sotmaymiz.
Mobil ilova buyurtma qilmoqchimisiz? Avval discovery bosqichida talablarni yozib chiqamiz va shundan keyin aniq narx hamda muddatni belgilaymiz. Yo'l-yo'lakay narx oshirib yubormaymiz — kelishilgan smeta doirasida ishlaymiz.