MSA — AQSh yuk tashish bozorida ishlaydigan logistika kompaniyasi. Yuk topishdan hisob-fakturagacha bo'lgan jarayon bir nechta alohida dastur va Excel-jadvallarda yurardi: dispetcher bir tizimda, buxgalteriya boshqasida, ELD ma'lumotlari uchinchisida.
Vazifa
Butun flot operatsiyasini bitta "command center"ga jamlash: dispetcherlik, haydovchilar, trucklar, yuklar, yoqilg'i, ELD va hisobotlar — hammasi real vaqtda, bitta oynada.
Yechim
Noldan zamonaviy Transportation Management System qurdik — korporativ tizimlashtirish yondashuvida:
- Dispatch-markaz — yuk olishdan yetkazishgacha har bosqich real-time kuzatiladi;
- Flot boshqaruvi — 500+ truck, texnik holat, yoqilg'i sarfi va xarajatlar nazorati;
- HOS/ELD muvofiqligi — haydovchi ish soatlari federal qoidalarga avtomatik solishtiriladi;
- Moliyaviy modul — yuk yakunlangach hisob-faktura avtomatik shakllanadi.
Natija
Flot boshqaruvi to'liq raqamlashtirildi: 500+ truck bitta paneldan boshqariladi, tizim 99.9% uptime bilan ishlaydi, dispatch xizmati 24/7 rejimga o'tdi. Qo'lda yuritiladigan jadvallar butunlay yo'qoldi.
Logistika yoki transport biznesingiz uchun TMS/ERP tizimi kerakmi? Suhbatlashamiz — jarayoningizga mos yechimni birga loyihalaymiz.