O'zbekistonda shaxslar va kichik biznes o'rtasidagi qarz-kelishuvlarning katta qismi og'zaki yoki qog'ozda qoladi — keyin esa tortishuvga aylanadi. Hesap bu munosabatlarni raqamlashtirish uchun yaratildi.
Vazifa
Bir necha daqiqada yuridik kuchga ega raqamli shartnoma tuzadigan, qarz va to'lovlarni ikkala tomon uchun shaffof kuzatadigan mobil ilova qurish. Ishonch — mahsulotning yadrosi, shuning uchun xavfsizlikka alohida talab qo'yildi.
Yechim
iOS va Android uchun native fintech-ilova ishlab chiqdik:
- Raqamli shartnoma — shablon asosida bir necha daqiqada tuziladi va ikkala tomon tasdiqlaydi;
- Qarz nazorati — kim kimga qancha, qachongacha — bitta ekranda;
- To'lov so'rovlari va eslatmalar — muddat yaqinlashganda avtomatik bildirishnoma;
- Tasdiqlash tarixi — har amal qaydda, tortishuvga o'rin yo'q.
Natija
Hesap foydalanuvchilari shartnomani daqiqalarda tuzadi, qarz munosabatlari esa shaffof va nizosiz boradi. Ilova 2 platformada barqaror ishlaydi va moliyaviy intizom vositasi sifatida auditoriyasini kengaytirmoqda.
Fintech yoki xavfsizlik-talab mahsulot g'oyangiz bormi? Konsultatsiyaga yoziling — arxitekturadan App Store'gacha birga olib chiqamiz.