AQShda har bir tijorat yuk mashinasi haydovchining ish soatlarini elektron qayd etuvchi ELD (Electronic Logging Device) tizimiga ulanishi shart — bu federal talab. Bozor esa ishonchli, sertifikatlangan va qulay yechimga muhtoj edi.
Vazifa
FMCSA (Federal Motor Carrier Safety Administration) talablariga to'liq mos, haydovchi uchun sodda, flot egasi uchun esa to'liq nazorat beruvchi platforma yaratish.
Yechim
Uch qismli ekotizim qurdik:
- Haydovchi ilovasi — HOS (ish soatlari) avtomatik qayd, status almashtirish, DVIR (texnik ko'rik) hisobotlari — native mobil ilova sifatida;
- Flot paneli — GPS kuzatuv, qoidabuzarlik ogohlantirishlari, flot analitikasi;
- Muvofiqlik yadrosi — federal qoidalar dvigateli, DOT tekshiruviga bir tugmali hisobot.
Natija
Factor ELD FMCSA sertifikatini oldi va AQSh bozorida yetakchi ELD yechimlaridan biriga aylandi. Platforma 24/7 ko'p tilli qo'llab-quvvatlash bilan ishlaydi va minglab trucklar unga har kuni tayanadi.
Murakkab, regulyatsiyaga bog'liq soha uchun platforma kerakmi? Bog'laning — bunday tizimlarni boshidan oxirigacha quramiz.